Ismatulla Irgashevga ko‘ra, Afg‘oniston ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqli. Ammo bu borada bir qancha masalalar mavjud. “Biz yaqin qo‘shnimiz bo‘lmish afg‘on xalqi bilan bularning yechimini albatta, topamiz” — dedi u. Yaqinda Toshkentda Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.
“O‘zbekkosmos” “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi ekspetlarining Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi oqibatida yuvib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi. Agentlik aniqlashicha, sizib chiqqan suv — sizot suvlari.
“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.
Afg‘onistonda uzunligi 280 km, eni 100 metr bo‘lishi kutilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berildi. “Tolibon” vakillari kanal qurilishi bo‘yicha O‘zbekistondan tashvishlanmaslikni so‘radi.
Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting